MaNUtDuZ.Ru
KirishRo'yxatdan o'tish
O'rtoqlik o'yinlari. Argentina Iroqni tor-mor keltirdi, Fransiya Islandiya bilan o'yinda mag'lubiyatdan qutulib qoldi
Kecha oqshom bir nechta e'tiborga molik o'rtoqlik o'yinlari bo'lib o'tdi.

Turkiya terma jamoasi o'z maydonida Bosniya va Gertsegovinani qabul qilib, raqib darvozasiga yo'l topa olmadi — 0:0.

Iroqqa Messisiz tashrif buyurgan Argentina terma jamoasi raqibni yirik hisobda taslim etdi — 4:0.

Ispaniya terma jamoasi Uels maydonida yirik hisobda g'alaba qozongan bo'lsa, Fransiya, kutilmaganda, o'z uyida Islandiyaga qarshi o'yinda bazo'r mag'lubiyatdan qutulib qoldi. Uchrashuvning 58-daqiqasiga kelib islandlar 2:0 hisobida oldinda borishayotgan edi. O'yin so'ngidagi avtogol va penaltidan urilgan gol Fransiyaga durangni taqdim etdi.

AQSh va Kolumbiya terma jamoalari o'rtasidagi o'yinda janubiy amerikaliklar 4:2 hisobida g'alaba qozonishdi.

O'rtoqlik o'yinlari
Turkiya – Bosniya va Gertsegovina 0:0 (0:0, 0:0)
Turkiya – Bolat, Seyundjyu, Ayxan (Ersoy, 82), O'zbayrakli (Myuldyur, 86), Bayram, Yokushlu, O'zyakup (O'zjan, 86), Under (Gyurler, 80), Tekdemir (Malli, 65), Chalxanoglu, Unal (Tosun, 46).
Bosniya va Gertsegovina – Shexich (Begovich, 46), Vranesh, Nastich, Todorovich, Zukanovich, Krunich (Sarich, 81), Pyanich (Prtsich, 46), Vishcha (Miloshevich, 46), Tsimirot, Zakarich (Kodro, 69), Djeko (Bayich, 46).
Ogohlantirish: Vranesh (90).

Iroq – Argentina 0:4 (0:1, 0:3)
Gollar: 0:1 – 18 Martines, 0:2 – 53 Pereyra, 0:3 – 82 Petstselya, 0:4 – 90 Servi.
Iroq – Hassan, Ali, Xalaf (Komil, 57), Attiyya (Sulaka, 77), Adnan (Kozim Jobir, 68), Kozim, Rashid, Gani (Ali, 46), Rasan (Fayyad, 70), Nadim, Meram (Ali, 46).
Argentina – Romero, Bustos (Kannemann, 75), Funes Mori, Petstselya, Paredes (Servi, 60), de Paul, Mesa (Salvio, 46), Vaskes (Pereyra, 46), Akunya, Martines (Simeone, 57), Dibala.
Ogohlantirishlar: Adnan (27), Fayyad (76).

Uels – Ispaniya 1:4 (0:3, 1:1)
Gollar: 0:1 – 8 Pako Alkaser, 0:2 – 19 Ramos, 0:3 – 29 Pako Alkaser, 0:4 – 74 Bartra, 1:4 – 89 Vouks.
Uels – Xennessi, Djon (Lourens, 62), Ganter, Devis (Richards, 62), Roberts, Uilson (Bruks, 46), Ampadu (King, 50), Remzi, Allen (Smit, 62), Uilyams (Chester, 46), Vouks.
Ispaniya – De Xea (Arrisabalaga, 46), Ramos (Bartra, 46), Albiol, Aspilikueta (Kastro, 63), Gayya, Saul (Koke, 46), Rodri Ernandes, Sebalos, Suso (Rodrigo, 81), Pako Alkaser (Aspas, 73), Morata.

Fransiya – Islandiya 2:2 (0:1, 2:1)
Gollar: 0:1 – 30 Byarnason, 0:2 – 58 Arnason, 1:2 – 86, avtogol Eyelfsson, 2:2 – 90, penalti Mbappe.
Fransiya – Loris, Kimpembe, Din, Pavar, Varan (Zuma, 46), Nzonzi, Pogba (Ndombele, 67), Toven (Lemar, 59), Dembele (Payet, 67), Grizmann (Mbappe, 60), Jiru.
Islandiya – Runarsson (Xalldoursson, 46), Sigurdsson, Sayvarsson (Foluson, 81), Eyelfsson, Arnason, Byarnason, Siguryonsson, Sigurdsson (Gislason, 80), Gudmundsson (Paulsson, 71), Traustason (Sigtorsson, 59), Finnbogason (Gudmundsson, 46).
Ogohlantirishlar: Xalldoursson (77), Jiru (89), Eyelfsson (89), Sigtorsson (89), Siguryonsson (90), Gudmundsson (90).

AQSh – Kolumbiya 2:4 (0:1)
Gollar: 0:1 – 36 Xames, 1:1 – 50 Akosta, 2:1 – 53 Vud, 2:2 – 56 Bakka, 2:3 – 74 Falkao, 2:4 – 79 Borxa.
AQSh – Steffen, Myazga, Robinson (Svit, 76), Yedlin, Bruks, Bredli, Akosta, Sayef (Piko, 58), Grin (Novakovich, 84), Vud (Sardjent, 83), Vea (Delgado, 68).
Kolumbiya – Ospina, Murilo, Sanches, Aryas, Uribe, Machado, Barrios (Roa, 89), Xames (Moreno, 82), Kuadrado (Kintero, 55; Chara, 83), Falkao (Kardona, 76), Bakka (Borxa, 76).
Ogohlantirishlar: Vea (32), Robinson (35), Barrios (63).

Manba: stadion.uz
Qo`shdi: Jasurbek
Kiritilgan sana: 12.10.2018 / 10:56
UzMasterS.Ru