MaNUtDuZ.Ru
KirishRo'yxatdan o'tish
Kokorin amaldorga uloqtirgan stul internetda savdoga qo'yildi
Internetlagi saytlarning birida "Zenit" hujumchisi Aleksandr Kokorin Minpromtorg amaldori Denis Pakga uloqtirgan stul savdoga qo'yildi.

Stud sotuvchisi bilan xabarlashgan "MK" muxbiri xabariga ko'ra, stul 50 000 rublga baholangan.

"Men uni politsiyachilardan sotib oldim, - deydi sotuvchi. - Ular stulni ashyoviy dalil sifatida olganlar va keyin menga sotdilar. Qanchaga ekanini aytmayman. Firma siri. Umuman, uni 50 000 rublga sotaman, ammo savdolashishimiz mumkin. Rosmana xaridorlar hozircha kam - bor-yo'g'i 3 kishi qo'ng'iroq qildi".

Manba: stadion.uz
Qo`shdi: Jasurbek
Kiritilgan sana: 12.10.2018 / 10:58
UzMasterS.Ru