Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Telegramda bizga qo`shiling!

Madriddan uy qidirayotgan De Xea Kasilyasga qo‘shni bo‘lishni istamayapti


“Manchester Yunayted” posboni David De Xea Madriddan uy qidirmoqda. U iloji boricha sobiq raqobatchisi Iker Kasilyasdan uzoqda yashamoqchi.

“Diario Gol”ning xabar berishicha, bu ikki posbonning munosabati 2016 yilda yomonlashgan. O‘shanda Yevropa chempionatida Kasilyas Ispaniya termasining birinchi posboni bo‘lishni istagan, ammo aksar o‘yinlarda De Xea maydonga tushgandi. Qolaversa, De Xeaning sevgan qizi qo‘shiqcha Edurne va Kasilyasning rafiqasi, teleboshlovchi Sara Karboneroning ham munosabatlari yaxshi emas.

Kasilyas Madriddagi La Finka tumanida yashaydi. Bu yerda “Real” futbolchilarining ko‘pchiligi istiqomat qiladi. De Xea esa Kasilyasdan uzoqroq bo‘lgan joy qidirmoqda.

Manba: www.stadion.uz



» Teg: David De Xea, Iker Kasilyas |
Telegramda bizga qo`shiling!
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`tishingizni so`raymiz.
Hoziroq:
Ro`yxatdan o`tish