Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Telegramda bizga qo`shiling!

"Everton" - "Manchester Yunayted" Preview


Bugun tunda Angliya Premier Ligasi 22-turi doirasida "Manchester Yunayted" klubi "Gudison Park" stadionida mezbon "Everton" mehmoni bo'ladi.

Biz o'yin oldidan match prevyusini taqdim qilmoqchimiz.

"Everton" - "Manchester Yunayted"

Stadion: "Gudison Park"
Vaqti: 01.01.2018 22:30 (FUTBOL TV) LIVE
Bosh hakam:Andre Marriner
Yordamchi hakamlar: Skot Ledjer, Richard Uest.
Zaxira hakami: Pol Tirney


Jamoalarning bugungi kundagi holati.

"Everton"

"Everton" jamoasi uchun boxing day omadsiz kechmoqda. Jamoa so'ngi 3 turdirki g'alabaga erisholmayapti. Jamoa bu o'yinlarda jami 2 ochko yig'a oldi xolos,bir o'yinda esa mag'lub bo'ldi. Shu o'yinlarda esa atigi bitta gol urildi xolos. O'yin oldidan jamoaning kayfiyati yaxshi emas. Jamoa 21-tur o'yinida "Bornmut" maydoniga safar qildi va mag'lubiyat alamini tatib ko'rdi. Shu sababdan jamoa bugun g'alaba uchun borini beradi.

"Manchester Yunayted"

Xuddi "Everton" jamoasi singari "Manchester Yunayted" klubi uchun ham boxing day omadsiz kelmoqda. Jamoa so'ngi 3 ta o'yinda 3 ochko qo'lga kiritildi. Jamoa chempionlik uchun deyarli kurashdan chiqqan edi. 21-turdagi durang esa jamoani 3-o'ringa tushirib yubordi. Agar jamoa bugun ham g'alaba qozonmasa oradagi farq yana oshib ketishi mumkin. Shu sababli bugun jamoa g'alaba qozonishi talab etiladi.

Jamoalar to'purarlari

"Everton": Ueyn Runi 10 ta
"Manchester Yunayted": Romelu Lukaku


Jamoalarning turnir jadvalidagi o'rni

"Everton" 9-o'rin
"Manchester Yunayted" 3-o'rin

Yo'qotishlar

"Everton": Ross Barkli, Leyton Beyns, Idrissa Gueye.

"Manchester Yunayted": Zlatan Ibrahimovich, Romelu Lukaku.

Jamoalarning birinchi davradagi o'yinida "Manchester Yunayted" klubi katta qiyinchiliksiz (4-0) g'alaba qozongan edi. Bugun ham jamoadan shunday natija kutib qolamiz azizlar.


Xorij saytlari asosida tayyorlandi



» Teg: manutduz.ru |
Telegramda bizga qo`shiling!
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (4)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`tishingizni so`raymiz.
Hoziroq:
Ro`yxatdan o`tish
Samar_Uralov Samar_Uralov
Izohlari: (2)
1 Yanvar 2018 08:28 ID: #1
o'xshamadi
Pol Skoulz Pol Skoulz
Izohlari: (24)
1 Yanvar 2018 09:42 ID: #2
Klaasss Samarbek o'xshadi birinchisiga yomon emas....
Mirsojit_ManUTD Mirsojit_ManUTD
Izohlari: (70)
1 Yanvar 2018 12:49 ID: #3
bugun manutd ga faqat omad olga yigitlar

endi orqaga yol yoq ijobiy natijalar ketak

valensiya xam oynamasa kerak
Pol Skoulz Pol Skoulz
Izohlari: (24)
1 Yanvar 2018 18:24 ID: #4
Bugun omad tilaymiz...