Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Telegramda bizga qo`shiling!

Marsial xizmatiga top-klublar qiziqish bildirmoqda


"Manchester Yunayted" hujumchisi Antoni Marsial kelasi mavsumni boshqa jamoada boshlashi mumkin.

"The Sun" nashri berayotgan xabariga ko'ra, 22 yoshli futbolchi xizmatiga "Yuventus", "Lion", "PSJ", "Tottenhem", "Roma" va "Atletiko" klublari qiziqish bildirmoqda.

Ayni paytda Marsial juda kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgani tufayli, "Manchester Yunayted" bilan yangi shartnoma imzolashni istamayapti.

Eslatib o'tamiz, Marsial 2015 yilda "Monako"dan "MYU"ga o'tgan edi. APL joriy mavsumida u 29ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol urgan va 5ta golga hammualliflik qilgan.

Manba: www.tribuna.uz



» Teg: Antoni Marsial, Manchester Yunayted |
Telegramda bizga qo`shiling!
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`tishingizni so`raymiz.
Hoziroq:
Ro`yxatdan o`tish