MaNUtDuZ.Ru
KirishRo'yxatdan o'tish
Fotolavhalar
Clubni Stadioni
Old Trafford
1909-yilda o‘yingoh o‘sha paytdagi eng yuqori summa 60 ming funt sterlingga qurilgan, o‘yingoh maydonning uch tomonidan tribunaga va eng asosiy tribunasi yopiq holdagi o‘tirish joylariga ega bo‘lgan.

1911 va 1915-yillarda «Old Trafford»da Angliya Kubogining final o‘yinlari o‘tkazilgan. 1920-yilda «Manchester Yunayted» va «Aston Villa» o‘rtasidagi o‘yinni tomosha qilish uchun eng rekord ko‘rsatkich — 70504 muxlis tashrif buyurgan.

Yana bir rekord ko‘rsatkich 19 yildan keyin, Angliya Kubogining «Portsmut» bilan bo‘lib o‘tgan yarim final o‘yiniga 76962 muxlis tashrif buyurgan.

Ikkinchi jahon urushi paytida o‘yingoh fashistlar tomonidan bombardimon qilinib katta zarar ko‘rgan va ma’lum bir muddat ichida «Yunayted» «Siti»ning «Meyn Roud» o‘yingohida o‘yinlarini o‘tkazgan.

1966-yil Angliyada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida, «Old Trafford» ham o‘yinlarga mezbonlik qildi.

1970-yilda esa, «Chelsi» va «Lids» o‘rtasidagi Angliya Kubogi final uchrashuvi o‘tkazilgan. «Old Trafford»da dunyo bo‘yicha birinchi marta maydon atrofiga muxlislardan himoya sifatida, to‘siqlar o‘rnatilgan. 30 yil davomida «Old Trafford» 58000 muxlisni sig‘dira olgan.

Ammo 90-yillar boshida «Xillsboro»da ko‘ngilsiz voqea sodir bo‘ldi, yuqori tribuna to‘lib ketishi natijasida, pastgi tribuna ustiga ag‘darilgan, ko‘pgina odamlar jarohatlandi va Angliya klublari Yevropa kubok o‘yinlaridan bir necha yilga chetlashtirildi.

Yuqori mavqega ega bo‘lgan klublar, faqatgina o‘tirish joylari mavjud stadionlarga ega bo‘lishi kerak edi. O‘yingoh sig‘imi 44000gacha kamaytirildi, lekin mashhurlikga erishib borayotgan «Yunayted» uchun bu kam edi.

90-yillarning o‘rtasida o‘yingoh kengaytirildi va 26000 joyga ega bo‘lgan to‘rtinchi tribuna ham qurildi. «Old Trafford»ning sig‘imi 56000ga oshdi. Qo‘shimcha tribunaning qurilishiga 19 million funt sarflandi. Yangi tribunada «Yunayted»ning 3 qavatli muzeyi va qo‘lga kiritilgan sovrinlar uchun alohida katta xona joylashtirildi va «Sky» telekanali a’zolari uchun 2 bo‘limga ega bo‘lgan xona ajratildi.

Janubiy tribuna eng asosiysi hisoblanadi, ammo u o‘yingohning eng past tribunasidir. Janubiy tribuna murabbiylar o‘rindig‘ini, direktor va politsiya uchun joylar, hashamatli restoranlar va administrator xonalarini o‘z ichiga oladi. Janubiy tribunada eng ko‘p kameralar joylashtirilgan, shuning uchun ham televideniya orqali Janubiy tribunani ko‘rish imkoniyati kamroq.

O‘yinchilarning chiqishi uchun tunel murabbiy o‘rindig‘i yonida edi, lekin keyin maydonning janubi-g‘arbiy qismiga ko‘chirildi. Eski tunel haligacha mavjud va turli xil tadbirlar uchun ishlatiladi.

Eng sodiq Inglizlarning tribunasi sharqiy tribuna hisoblangan, keyinchalik esa bu nomga g‘arbiy tribuna ega bo‘lgan («Stretford End» nomiga ham ega). O‘yingoh o‘tirish joylariga qayta ta’mirlanishidan oldin, «Stretford End» Britaniyada eng baland ovozga ega bo‘lgan, 20000 tik holda turgan muxlisni sig‘dirgan.

O‘tkazilgan kuzatuvlar natijasiga ko‘ra, tribunalarning ovoz chiqarish kuchi ko‘tarilayotgan reaktiv samolyotning ovoziga teng. 60-yillarning oxirigacha o‘yingohda oddiy tablo bo‘lgan, keyinchalik esa elektron tabloga o‘zgartirilgan va yaqinda Shimoliy tribunaning ikki chetiga o‘rnatilgan. 2000-yilning yanvarida Sharqiy tribunaning ikkinchi qavati «Old Trafford»ning sig‘imini 61000ga yetkazdi. «Old Trafford» o‘yingohiga kirish qismi och yashil tusdagi oyna bilan qoplangan.

Bu yerda Ser Mett Basbining haykali, 1958-yil 6-fevraldagi Myunxen Aviahalokatini eslatib turuvchi mashhur soat va xotira doskasi joylashtirilgan. Shuningdek, «Manchester Yunayted»ning supermarketi bor. Siz u yerda klubning istalgan mahsulotini harid qilishingiz mumkin.

2000-yilda G‘arbiy tribunaga o‘tirish joylari qo‘shildi va sig‘im qiymati 68217ga ko‘paydi. G‘arbiy tribunada o‘yinchilarning oila a’zolari uchun sektor, tribunaning chet qismida kiyim almashtirish xonalari, tunel va zal joylashgan.

G‘arbiy tribuna shuningdek yuqori qismida osilgan plakatlari bilan ham mashhur. «Old Trafford»da Yevro-96 yarim finali bo‘lib o‘tgan va har yili Angliya Kubogining yarim finallari o‘tkaziladi. 2003-yil 28-may kuni «Milan» va «Yuventus» o‘rtasidagi Chempionlar Ligasi final o‘yini o‘tkazilgan. 2006/07-yil mavsum boshida «Old Trafford» 76212 o‘ringa ko‘paytirildi.

Voqea sharofati bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish maqsadida amaldagi Chempionlar Ligasi g‘olibi «Barselona» taklif qilindi, ammo chet el turnesi tufayli «Old Tafford»ga tashrif buyura olmadi. Rejalarni o‘zgartirmaslik uchun amaldagi UEFA Kubogi egasi «Sevilya» tashrif buyurdi. O‘rtoqlik uchrashuvi 3-0 hisobida «Yunayted» foydasiga hal bo‘ldi.

Shubhasiz «Old Trafford» dunyodagi mashhur va ulkan sport arenalaridan biri. «Arsenal» va «Liverpul» kabi an’anaviy raqiblar tashrif buyurishganda, «Old Trafford» o‘zgacha qiyofa kasb etadi.

«The Theatre of Dreams» ya’ni «Orzular Teatri» (Ser Bobbi Charlton tomonidan nomlagan) Britaniyanig eng yirik o‘yingohlaridan biri va dunyodagi eng mashhur klub uchun mos uydir.
UzMasterS.Ru